De Dzerbi: "Brayton"dagi futbolchilar bilan birga ishlashdan baxtiyorman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Italiyalik murabbiy "Liverpul"da Yurgen Kloppning vorisi bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Uning xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqmoqda.
"Men "Brayton"ni boshqarganimdan faxrlanaman. Bu futbolchilar bilan bir jamoada ishlash men uchun sharaf.
Mening kelajagim haqidagi mish-mishlar ishning bir qismidir. Hozir men bor e'tiborimni "Brayton"dagi vazifalarimga qaratmoqchiman. Shartnomam bor, bor e'tiborim jamoaning o'yinlariga qaratilgan. Men xotirjamman va bizning istiqbolimiz haqida qayg'uraman" - dedi De Zerbi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!