Pogbaning akasi: ""Shantaj ishiga aralashganimdan afsusdaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi Matias Pogba shantaj ishiga qo'shilganidan afsusda.
"Men ularning qo'lida qo'g'irchoq edim. Meni boshidanoq aldashdi. Ular biz uchun birodarlardek edi. Ular kelib, bularning barchasini aytib, o'zlarini qurbon bo'lib ko'rsatishdi, ammo hamma narsa allaqachon rejalashtirilgan edi.
Nega men Pol shaman xizmatiga murojaat qilgani haqidagi videolarni joylashtirdim? Men g'azabimni chiqarmoqchi edim, lekin hech qanday holatda unga bosim o'tkazmoqchi emasdim.
Men uni imkon qadar tezroq ko'rishga umid qilaman. Bu vaqt talab etadi, ammo ittifoqimiz tiklanadi degan umiddaman", - dedi Matias Pogba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!