Pedri EChL finalida qaysi jamoalar o'ynashi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri joriy Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoalar o'ynashi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi ayni damda jarohatidan forig' bo'lmoqda, ammo eng nufuzli evrokubokning chorak finalida “PSJ”ga qarshi o'ynashdan umidini yo'qotmayapti.
"Chempionlar ligasi finali? O'ylashimcha, "Barselona" va "Manchester Siti" o'ynaydi, ammo "Barselona" - "Real Madrid" bellashuvi ham yaxshi bo'lardi", - dedi Pedri The Residency nashriga.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" yarim finalga chiqqan taqdirda "Atletiko Madrid" yoki "Borussiya Dortmund" bilan o'ynaydi. "Real" va "Manchester Siti" chorak finalda o'zaro to'qnash kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!