"Barselona" tarkib uchun yangi himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Las-Palmas"ga tegishli bo'lgan 24 yoshli ispaniyalik himoyachi Serxi Kardona "Barselona"ning manfaatlari doirasida, deya xabar beradi Todofichajes. Jurnalistlarning fikriga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Kardona 29 o'yin o'tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Himoyachi 9 ta sariq kartochka oldi. "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 8 ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!