"Borussiya" va "Nyukasl" "Yuventus" futbolchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Roma"da ijara asosida o'ynayotgan "Yuventus" markaziy himoyachisi Din Xeysen yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchi mavsum oxirida "byankoneri"ga qaytadi, ammo turinliklar uchun jozibador taklif tushsa, tez orada sotilishi mumkin.
De Telegraaf xabariga ko'ra, Xeysenga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda, shuningdek, 18 yoshli futbolchi uchun Angliyaning "Nyukasl" klubi ham da'vogarlik qilmoqda. "Roma" ham umidli futbolchining ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.
Transfermarkt Din Xeysenning narxini 10 million evroga baholagan. Himoyachining "Yuventus" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!