Gruziya terma jamoasi darvozaboni "Milan"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Valensiya"ga tegishli bo'lgan Gruziya terma jamoasi darvozaboni Giorgi Mamardashvili klubini o'zgartirishi mumkin. Tuttosport.com xabariga ko'ra, "Milan" darvozabon xizmatiga qiziqish bildirmoqda va Mayk Menyanga o'rinbosar qidirmoqda.
Italiya klubi frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida hozircha kelisha olmayapti. Mamardashvili 2022 yildan buyon ispan klubida o'ynaydi.
Uning "ko'rshapalaklar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda gruziyalik darvozabon Ispaniya chempionatida 28 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!