Arteta: "Manchester Siti" futbolda hech qachon ko'rilmagan darajaga ko'tarildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan raqib saviyasiga baho berdi.
"Manchester Siti" futbolda hech qachon bo'lmagan darajaga ko'tarildi. Biz saboq olmoqdamiz va shu darajaga erishmoqchimiz. Oxirgi ikki-uch yil ichida yaqinroq bo'lib qoldik. Biz bu bo'shliqni yopishimiz va keyin ularni aylanib o'tishga harakat qilishimiz kerak.
"Manchester Siti"ni misol qilib ko'rsatishga arziydi. Raqobat bizning darajamizni oshiradi va bizdan ular kabi bo'lishni talab qiladi", dedi Arteta matbuot anjumanida jurnalistlarga.
“Manchester Siti” – “Arsenal” uchrashuvi 31 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!