Arteta: "Futbolchilarimga to'liq ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti" bilan bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, o'yin muhim, ammo chempionni aniqlab beradi deb bo'lmaydi.
"Men futbolchilarimga to'liq ishonaman. Biz futbol maydonida nimaga qodir ekanimizni ko'rsatishimiz kerak, lekin maydon tashqarisida bu shunchaki gap.
Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o'yin. Agar g'alaba qozonsak, biz katta kuchga ega bo'lamiz, lekin bizda Premer-liga chempionligini qo'lga kiritish uchun hali ko'p o'yinlar bor", dedi Arteta juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!