Tuxel Keynning navbatdagi o'yindagi ishtiroki haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Bundesliga uyini arafasida jamoadagi kadrlar holati haqida gapirdi.
“Manuel Noyer, Aleksandr Pavlovich va Rafael Gerreyru maydonga tushmaydi. Sasha Boe shu hafta jarohat oldi. Bu to'rt nafar futbolchi o'ynamaydi.
Xarri Keyn kecha jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkazdi. U o'zini yaxshi his qilmoqda va o'ynaydi”, dedi Tuxel juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, Xarri Keyn "Bavariya"ning so'nggi o'yinida olgan jarohati sabab Angliyaning mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib yuborgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!