Arauxo "Barselona"ga qarshi o'ynamasligi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Barselona"ning bir qator futbolchilari mavsum oldidan boshqa jamoalarga ijaraga berilgan edi. Shunday futbolchilardan biri - Xulian Arauxo. O'ng qanot himoyachisi hozirda "Las-Palmas" sharafini himoya qilmoqda.
Sport nashri xabariga ko'ra, ertaga "kanareykalar"ning "Barsa"ga qarshi o'yinida Arauxo ishtirok etmaydi. Uning ijara shartnomasi bunga to'sqinlik qiladi.
22 yoshli futbolchi joriy mavsumda 25 ta o'yinda 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!