Lakruaga A Seriya grandlari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Volfsburg" himoyachisi Maksans Lakrua A Seriyaga o'tishi mumkin.
L’Equipe xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchiga "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Ular frantsiyalik futbolchini yozda transfer qilish imkoniyati haqida so'rashgan.
Lakruaning nemis klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Katta ehtimol bilan u joriy mavsum yakunida “Volfsburg”ni tark etadi.
Bundesliganing joriy mavsumida Maksans 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!