Liverpul" Xabi Alonso variantidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Liverpul" Xabi Alonsoni taklif qilish rejasidan voz kechdi.
Ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklar klubida Yurgen Klopp o'rniga asosiy nomzodlardan biri hisoblangan. Biroq, The Times xabariga ko'ra, "qizillar" endi Alonsoni tayinlash haqida o'ylamayapti.
"Liverpul"ning fikricha, Xabi kamida yana bir mavsum "Bayer"da qolish niyatida. Inglizlar muqobil nomzodlarga o'tadilar - klubning qisqa ro'yxatidan hozirda "Sporting"ni boshqarayotgan Ruben Amorim va "Brayton"dan Roberto De Dzerbi bor.
Eslatib o'tamiz, Alonsoga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!