Kubarsi La Ligada e'tirof etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Barselona" himoya chizig'ining yosh iqtidori Pau Kubarsi o'tgan mart oyida La Liganing eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi.
Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi. Nominatsiyada faqat 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etishdi.
Kubarsi endigina 17 yoshda, ammo bu yigit joriy mavsumda "Barsa" tarkibida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va hattoki Chempionlar ligasi o'yinida ("Napoli"ga qarshi) o'ynash imkoniga ega bo'ldi.
Umumiy hisobda u uchrashuvlarda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt allaqachon "Barselona" tarbiyalanuvchisini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!