"Liverpul" himoyachisi jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Liverpul" va Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi Endryu Robertson Shotlandiya terma jamoasining so'nggi o'yinida jarohat oldi. Uning jamoasi 26 mart kuni Shimoliy Irlandiya termasiga qarshi o'ynadi, Robertson uchrashuvning 36-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, shotlandiyalik futbolchi to'pig'iga jiddiy shikast etkazmaslikka muvaffaq bo'lgan. Biroq uning navbatdagi APL doirasidagi "Brayton"ga qarshi o'yinida "qizillar"ga yordam bera olishi so'roq ostida.
Eslatib o'tamiz, Robertson bu mavsumda elkasidan jiddiy jarohat olgan edi. O'shanda shotlandiyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasiga qarshi kuzda bo'lib o'tgan o'yinda sodir bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!