"Arsenal" mahalliy futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Hujumkor yarim himoyachi Etan Nvaneri "Arsenal" bilan ilk professional shartnomasini imzoladi.
Bu haqda London klubi rasmiy saytida ma'lumot berilgan. "Arsenal" 17 yoshli futbolchi bilan imzolangan mehnat shartnomasi qancha muddatga amal qilishini aytmayapti.
Aytish joizki, Etan Nvaneri “Arsenal”ning Premer-ligadagi ikkita rasmiy o'yinida ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi.
Bunday holat oxirgi marta fevral oyida sodir bo'lgan edi, o'shanda yosh futbolchi "Vest Xem"ga qarshi derbida zaxiradan maydonga tushgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!