"Barselona" Xolandning transferiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning transferi borasida optimistik fikrda.
Jurnalist Jordi Jota bergan ma'lumotlarga ko'ra, "ko'l-anorranglilar" norvegiyalik futbolchining bir yarim yildan so'ng jamoaga qo'shilishiga ishonishmoqda. Xolandning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.
"Barselona" norvegiyalik futbolchini shu vaqt ichida "Kamp Nou"ga o'tkazish borasida kelisha olishiga umid qilmoqda. Erling joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 18 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!