"Barselona" Xavining diskvalifikatsiyasiga qarshi apellyatsiyaga javob oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandesning diskvalifikatsiyasiga qarshi chiqishga urindi. Sport.es xabariga ko'ra, “blaugrana” apellyatsiya arizasi bilan chiqqan va u rad etilgan.
Shunday qilib, mutaxassisning ikki o'yinlik diskvalifikatsiyasi o'z kuchida qoladi. Ernandes "Barselona"ning "Las-Palmas" va "Kadis"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, murabbiy Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Atletiko”ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgan edi. La Liganing 29-turidan so'ng kataloniyaliklar 64 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!