Gvardiola "Nyukasl" yarim himoyachisining transferiga ishtiyoqmand
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Nyukasl" yarim himoyachisining transferini talab qilmoqda. Fichajes. xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis jamoaga Bruno Gimaraesni taklif qilmoqchi. Braziliyalik futbolchining narxi 100 million evro atrofida.
Gvardiola "Manchester Siti" rahbariyatini kelishuvni amalga oshirishga ishontirmoqda, biroq klub bunchalik katta miqdorda tovon puli to'lashga rozi bo'ladimi yoki yo'qmi, hozircha ma'lum emas.
Angliya Premer-ligasining ushbu mavsumida Bruno 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!