Gvardiola "Barselona" futbolchisini 100 million evroga sotib olishni talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasiga yangi yarim himoyachi topdi.
Todofichajes nashrining xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini "shaharliklar" safida ko'rmoqchi.
Gvardiola bir necha haftadan beri klub rahbariyatiga bosim o'tkazib, 21 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokara olib bormoqda. Potentsial transfer summasi 100 million evroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Pedri 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachida ikkita gol va ikkita golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!