"MYu" Kazemiro bo'yicha yakuniy qarorga keldimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Manchester Yunayted" hali yarim himoyachi Kazemiro borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q.
32 yoshli futbolchi, biz bilganimizdek, kelasi yozda sotilishi mumkin. Jurnalist Mayk MakGratning fikricha, braziliyalik yarim himoyachining klubda qolishi bevosita mankunianliklarning transfer faolligiga bog'liq bo'ladi: agar "qizil iblislar" yaqinlashib kelayotgan oynada yarim himoyachi o'rniga mos variantni topa olsa, "Real"ning sobiq yulduzi. katta ehtimol bilan transferga qo'yiladi.
Kazemiro joriy mavsumda Erik ten Xag jamoasida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!