"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun 60 million evro sarflashi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi, hozirda Germaniyaning “RB Leyptsig” klubida to'p tepayotgan Dani Olmo vataniga qaytishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Barselona" prezidenti Joan Laporta shaxsan qiziqmoqda. "Blaugrana" yarim himoyachini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qiladi. Oldinroq Olmoni nemis klubidan 60 million evroga sotib olish mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining "buqalar" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 15 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Olmo uchta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Dani aynan "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!