Marmush uchun APL klublari o'rtasida kurash kechadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Omar Marmush Germaniya Bundesligasini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Tribal Football portali sahifalarida xabar berildi.
Manbaga ko'ra, hujumchining xizmatlariga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Marmush uchun “Liverpul”, “Nyukasl”, shuningdek, Londonning “Arsenal” va “Tottenxem” klublari kurash olib boradi. Potentsial transfer summasi 50-60 million evroga baholanmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli misrlik 21 ta o'yinda maydonga tushdi. Marmush o'nta gol (bir penaltidan) va oltita golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!