"MYu" Kazemironing o'rniga boshqa futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
"Manchester Yunayted" Kazemiro o'rniga himoyachi yarim himoyachi topdi. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Sport nashri xabariga ko'ra, "mankunianliklar" "Vulverxempton"dan Joau Gomesga ko'z tikishgan. 23 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda va o'zining o'yini bilan "Manchester Yunayted" rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirmoqda.
Joriy mavsumda Gomes Angliya chempionatida ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchini Transfermarkt 28 million evroga baholagan. Yarim himoyachi xizmatlariga "Liverpul" va Londonning "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.