"Yuventus" Veani sotib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Yuventus" yozgi transferlar vaqtida hujumkor yarim himoyachi Timoti Veani sotishni ko'rib chiqmoqda. O'tgan yozda turinliklar amerikalik uchun "Lill"ga o'n million evrodan ko'proq pul to'lagan, ammo Vea umidlarni oqlay olmadi. Natijada, "PSJ" tarbiyalanuvchisi kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkin, deb yozadi Tuttosport.
2023/2024 yilgi mavsumda Timoti Vea “Yuventus” safida 26 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli Veani 14 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!