"Vest Xem" "Lion" Benraxmani to'liq sotib olishiga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Vest Xem"dan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Said Benraxma Frantsiya klubida qolishi mumkin, deya xabar beradi Football Insider.
Manbaga ko'ra, "bolg'achilar" rahbariyati "Lion"dan 28 yoshli jazoirlikni doimiy ravishda sotib olishini kutmoqda. Forvard qishki transfer oynasida frantsuzlar safiga qo'shilgandi.
Joriy mavsumda Benraxma “Lion” safida 6ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan. “Vest Xem” safida 22 ta o'yinda forvard 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!