Angliya terma jamoasida sardor o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Seshanba oqshomida "Uembli"da Angliya va Belgiya terma jamoalari o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
“Uch sherlar” shanba kuni Braziliyadan uchralgan 0:1 hisobidagi mag'lubiyat uchun muxlislarni yupatishga harakat qiladi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jurnalistlarga yarim himoyachi Deklan Rays sardorlik bog'ichini olib maydonga tushishini aytdi.
"Arsenal" vakili uchun bu terma jamoa uchun 50-uchrashuv bo'ladi.
Angliya terma jamoasi ayni damda Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Yozda Germaniyada qit'a futbol forumi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!