Sobiq ittifoq mamlakatlaridagi eng qimmat 15 nafar futbolchi narxi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Futbolchilarning narxini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali sobiq Ittifoq hududidagi mamlakatlar vakili bo'lgan eng qimmat futbolchilar reytingini taqdim etdi.
Birinchi o'rinni gruziyalik yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliya egalladi: "Napoli" futbolchisining bozor qiymati portal tomonidan 80 million evroga baholangan.
Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni ukrainalik futbolchilar egalladi: "Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko (42 million) va "Chelsi" yarim himoyachisi Mixail Mudrik (35 million).
Eng qimmat rossiyalik futbolchi "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin (30 million evro) bo'lib, u "Jirona" klubining ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik bilan beshinchi-oltinchi o'rinlarni bo'lishib turibdi.