Saloh, Xoland yoki De Bryuyne: Premer-ligada eng ko'p maosh oladigan futbolchi nomi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Lequipe sahifalarida Angliya premer-ligasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari reytingi e'lon qilindi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha peshqadam "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne oylik maoshi 2,02 million evro. Ikkinchi o'rin belgiyalik futbolchining jamoadoshi, hujumchi Erling Xolandga nasib etdi. Norvegiyalik 1,9 million oladi. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro bo'lishdi. Ular 1,77 million evrodan maosh oladi.
Kuchli beshlikni “qizil iblislar” himoyachisi Rafael Varan (1,72) yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!