Pike abadiy savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Jerar Pike Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi uzoq yillik raqobat haqida gapirdi.
“Leo raqobatbardosh edimi? Yo'q, u bunday odam emas. "Barsa"da Messi butun e'tiborini jamoaga qaratgandi. U barcha sheriklari bilan yaqindan muloqot qildi va klubga sovrinlar olib kelmoqchi edi. Shuning uchun u eng yaxshilarning eng yaxshisiga aylandi. Leo “Oltin to'p”ni oldi, lekin bu uning asosiy maqsadi emas edi", — dedi Jerar.
36 yoshli argentinalik futbolchi hozirda Mayamining “Inter” klubida o'ynayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!