120 millionlik futbolchi uchun beshta superklub kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134
"Benfika"ning iqtidorli yarim himoyachisi Joau Nevesh ko'proq klublar e'tiborini tortmoqda. O Jogo xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchiga Evropaning beshta superklubi "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Liverpul", "Bavariya" va "PSJ" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Neveshning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasida sotib olish summasi 120 million evroni tashkil qiladi. Manbaga ko'ra, lissabon burgutlari futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni va tovon pulini 150 millionga oshirishni kutmoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda Joau Nevesh 45 ta o'yinda ishtirok etgan. Ularda yarim himoyachi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!