Saviola Messining Parij olimpiadasida qatnashishini xohlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Xaver Saviola Lionel Messining 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etishiga umid qilmoqda.
Kecha futbol bo'yicha Olimpiya o'yinlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Argentina terma jamoasi Frantsiya va Ukraina bilan guruhdan joy oldi, keyinroq to'rtlikdan yana bir a'zo - Osiyodan bo'ladi.
"Agar Messi Parijdagi Olimpiadaga kelishni istasa, bu ajoyib bo'lardi. Messi tarkibda bo'lganida butun dunyoning ko'zi Argentina terma jamoasida bo'ladi.
Umid qilamizki, u terma jamoada o'ynay oladi", - dedi Argentina va «Barselona»ning sobiq hujumchisi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!