Formula 1 haydovchisi frantsuz klubi aktsiyasini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Alpin" Formula 1 jamoasining 28 yoshli haydovchisi Per Gasli Frantsiyaning "Versal" nomli futbol klubining hammuallifiga aylandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasman xabar berdi.
“Versal” mamlakatning uchinchi kuchli divizionida o'ynaydi. Unda jamoa joriy mavsum uchun turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
"Men har doim professional futbol bilan shug'ullanishni xohlaganman va hamkorlik qilishdan juda xursandman", - dedi Per bu haqida.
Eslatib o'tamiz, Gasli frantsiyalik, shuningdek, “PSJ”ning ashaddiy muxlisi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!