"Yuventus" yarim himoyachisiga Bundesliga klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Yarim himoyachi Ueston Makkenni kelasi yozda “Yuventus”ni tark etishi mumkin. Amerikalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi, agar u uzaytirilmasa, "keksa sinora" futbolchini bir yilda tekinga yo'qotmaslik uchun mavsum oralig'ida sotishi mumkin.
Goal portali xabariga ko'ra, 25 yoshli Makkenniga Germaniyaning "Borussiya Dortmund" va "RB Leyptsig" klublari qiziqish bildirmoqda.
Aytish joizki, avvalroq Ueston Makkenni Angliya Premer-ligasi klublari, xususan, "Manchester Yunayted" bilan bog'liqligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!