Kimmix "Bavariya"ni tark etishga tayyor. Unga 5 ta da'vogar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Joshua Kimmix "Bavariya"ni tark etsa, beshta top-klubga o'tishni o'ylamoqda.
Nemis yarim himoyachisi yozda "Bavariya"ni tark etish haqida o'ylayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Nemis jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, agar mos taklif tushsa, "Bavariya" Kimmixni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor.
Futbolchining o'zi potentsial xaridorlar bilan muzokaralarga ochiq, biroq bor-yo'g'i beshta klub takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. Gap "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal", "Real" va "Barselona" haqida ketmoqda.
Ta'kidlanishicha, yuqorida tilga olingan ba'zi klublar futbolchi bilan allaqachon bog'lanishgan.
Nemis futbolchisi "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "PSJ"ga o'tishni o'zi uchun mos variant deb hisoblamaydi.
Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Bundesliganing joriy mavsumida Kimmix 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.