Erling, yangi «toychoq» muborak!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Erling Xoland yana bir dabdabali avtomobil sohibiga aylanadi.
«Manchester Siti» hujumchisi bolalik do'sti, HiTecVision investitsiya kompaniyasi asoschisi Ole Ertvaag bilan birga Mercedes AMG One superkarini sotib olishga qaror qildi. Ushbu avtomobilning tan bahosi 2,5 million evroga teng. Lekin soliq to'lovlari hisobga olinsa, dabdabali «toychoq» yanada qimmat tushadi - 3,13 million evro.
Mercedes AMG One rusumi cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Aniqroq aytsak, er yuzida atigi 275 dona shunday atomobil bor. Norvegiyalik to'purarning yangi xaridi naq 5ta «Formula 1» bolidi dvigateliga ega. Shundan kelib chiqsak, Mercedes AMG One soatiga 352 km. tezlikda «uchish» imkoniyatini hosil qilgan. Yana bir tasnif: superkar atigi 7 soniya ichida soatiga 200 km. tezlik olishi mumkin, 15,6 soniyada esa bu ko'rsatkich 300 kilometrga oshadi.
Aytgancha, Erling Xoland bunga qadar asosan Mercedes AMG GLE rusumidan foydalangan, bu mashanining bahosi - 105 ming evro. Norvegiyalik «yirtqich» avtosalonida yana Rolls Royce Cellinan (350 ming evro), Audi RC6 Avant (140 ming evro) va Range Rover Sport (140 ming evro) avtomobillari ham bor.
Futbol olamida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'zaro raqobatlashmaydigan jihat bormi!? 2016 yili tarixiy Ferrari 335 S Spider Scaglietti avtomobili Parij auktsionida 30 mln. dollarga sotilgandi. Ya'ni Lionel Messi eng qimmatbaho Ferrari egasiga aylangan edi. O'shanda Krishtianu ham bu avtomobilga qiziqqan edi.