"Bavariya" futbolchisi Bundesliga rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Matis Tel Bundesligada yangi rekord o'rnatdi. "Darmshtadt"ga qarshi o'yinda 18 yoshli frantsiyalik futbolchi bitta gol urdi va jamoasining mehmonda 5:2 hisobida g'alaba qozonishiga yordam berdi.
Kechagi gol Tel uchun Bundesligadagi o'ninchi gol bo'ldi. Shu tariqa, frantsiyalik futbolchi turnir tarixida 10 ta gol urgan eng yosh xorijlik futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Tel ikkinchi mavsumini "Bavariya"da o'tkazmoqda. 2022 yilning yozida futbolchi Frantsiyaning “Renn” klubidan nemis jamoasiga o'tdi. Matis yaqinda "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzoladi, garchi unga Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirishgan bo'lsa-da.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!