Keyn jarohatiga qaramay Angliya terma jamoasi safiga borib qo'shiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn kecha Bundesliga doirasida "Darmshtadt" bilan o'yinda engil jarohat olganiga qaramay, Angliya terma jamoasi safiga ketadi.
Bild nashrining xabariga ko'ra, agar Keynning jarohati o'ylanganidan jiddiyroq bo'lib chiqsa, angliyalik futbolchi terma jamoadagi o'yinlarda qatnashmaydi. "Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan yaqin aloqada ekanligini ma'lum qildi.
Keyn joriy Germaniya chempionatida 31 ta gol urdi, bu Bundesliga tarixida bir mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha sakkizinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!