Santu: "Hujumlarni yakunlashda muammolar ko'zga tashlandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Angliyada Premer-liganing 29-tur uchrashuvlari doirasida "Luton Taun" o'z maydonida "Nottingem Forest" bilan durang o'ynadi.
"Nottingem Forest" klubining portugaliyalik murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu so'nggi o'yindagi voqealarni sharhlab, jamoasining g'alaba qozona olmaganidan ranjigan.
"O'ylaymanki, biz o'yinda g'alaba qozonish uchun etarli harakat qildik. Hujumlarni yakunlashda muammolar ko'zga tashlandi.
Biz ustunlikni qo'lga kiritganimizdan keyin o'yinni o'ldirish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo'ldik, shularni amalga oshirganda hammasi boshqacha bo'lardi", - deya Santuning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!