Kanselu "Man Siti"ning "Barsa" bilan kelishishiga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Kataloniyaning “Barselona” klubining o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu yana kamida bir mavsum “ko'k-anorranglilar” lagerida qolish umidini yo'qotmayapti.
Insayder Fernando Polo bergan ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik ijarani yana bir mavsumga uzaytirishga rozi bo'ladi. Yoki bo'lmasa, agar "Barsa" uni sotib olmoqchi bo'lsa, "Man Siti" 20 million evroga transfer narxini tushirib berishi mumkin.
Manbaga ko'ra, agent Xorxe Mendesh mijozining talablarini amalga oshirish uchun tez orada "Manchester Siti" rahbariyati bilan uchrashadi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" ham 29 yoshli Kanseluning qolishini istamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!