"Vest Xem" Maguayr uchun yana taklif bilan chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Kelgusi yozda "Vest Xem" "Manchester Yunayted"ga 31 yoshli markaziy himoyachi Xarri Maguayrni sotib olish uchun 15 million evro taklif qilmoqchi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "bolg'achilar" bosh murabbiyi Devid Moyes uning jamoasida boshi bilan yaxshi harakat qila oladigan himoyaviy o'yinchilar etarli emas deb hisoblamoqda.
Shotlandiyalik mutaxassis bu muammoni jamoaga Maguayrni taklif qilish orqali hal qilmoqchi.
O'tgan yozda "Vest Xem" angliyalik himoyachini qo'lga kiritishga urinib ko'rdi, ammo "Manchester Yunayted" juda yuqori narx so'ragandi.
Ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar" Maguayr bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!