Taekvondo. Sobirjonova va Jaysunov Parij-2024 yo'llanmasini hal qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7
Xitoyning Tayyan shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun Osiyo litsenzion turnir bo'lib o'tmoqda. Unda ishtirok etgan ikki sportchimiz olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Ayollar o'rtasidagi -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Olimpiada yo'llanmasi uchun kechgan jangda vetnamlik Thi Bak mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Jasurbek Jaysunov (-80 kg) yarim finalda iroqlik Sayf Tohir Habibga qarshi kechgan jangda Jaysunov osonlik ila 2:0 (16:2, 2:0) hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda Parij-2024 yo'llanmalariga ega bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!