Tennis. Zverev — Alkaras bahsi noodatiy holatga ko'ra qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Indian-Uellsda bo'lib o'tayotgan “Masters” turniridan o'rin olgan Zverev — Alkaras bahsi asalarilar “hujumi” sabab to'xtatildi.
14-mart kuni Indian-Uells shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda germaniyalik Aleksandr Zverev (6-raqamli tennischi) va ispaniyalik Karlos Alkaras (2-raqamli tennischi)ga qarshi 1/4 final uchrashuvini o'tkazdi.
1-setning 3-geymida kortda asalarilar galasi paydo bo'lgani sabab bosh hakam o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi.
O'yin 14-mart kuni kechki vaqtda davom ettirildi. Uchrashuv ikki set davom etib, unda Alkaras g'alaba qozondi (6:3, 6:1).
U yarim finalda Jannik Sinnerga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!