Ispaniyalik darvozabon Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning "Atletik" klubi darvozaboni Unai Simon yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Todofichajes jurnalistlarining xabarlariga ko'ra, darvozabonning Angliya premer-ligasida o'ynash imkoniyati bor.
Simon xizmatlariga Birmingemning “Aston Villa” klubi qiziqish bildirmoqda.
"Sherlar" so'nggi bir necha oy davomida basklar bilan muzokaralar olib borishdi. Potentsial transfer summasi 60 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!