“Real” futbolchisi tanlov qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias qaysi terma jamoada o'ynashini hal qildi.
Avval xabar qilinganidek, 24 yoshli futbolchi bir vaqtning o'zida ikkita terma jamoa - Ispaniya va Marokashda o'ynashi mumkin edi.
Yarim himoyachi mart oyidagi xalqaro tanaffusdan oldin javob berishi kerak va u allaqachon o'z tanlovini amalga oshirgan ko'rinadi.
Marca xabariga ko'ra, Dias Ispaniya emas, Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qilgan.
U 22 mart kuni bo'lib o'tadigan Angola terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida Valid Regragi jamoasida debyut qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!