“Bavariya”ning Mourino bo'yicha rejasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Myunxenning “Bavariya” klubi avvalroq jamoaning yangi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko'rilgan Joze Mourino haqida qaror qabul qildi.
Insayder Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "qizil mashina" portugaliyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning boshida Mourino Italiyaning “Roma” klubidan haydalgan edi. Portugaliyalik iste'foga chiqqan paytda jamoa A seriyada to'qqizinchi o'rinda edi.
Hozir Daniele de Rossi boshchiligidagi "bo'rilar" chempionatda beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!