"Manchester Yunayted" "Bavariya" hujumchisini tekinga olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Bavariya" markaziy hujumchisi Erik Chupo-Moting faoliyatini Albionda yakunlashi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.
Jurnalistlar xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 34 yoshli kamerunlik futbolchining nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Chupo-Moting "Old Trafford"ga tekinga o'tishi mumkin, chunki uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2024 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Uning bozordagi narxi uch million evroni tashkil qiladi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Chupo-Moting 21 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!