"Atletik" portugal klubiga 15 million evro to'laydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Atletik" "Braga" vingeri Alvaro Djalo bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 24 yoshli ispaniyalik basklar safiga 2024 yilning yozida kelib qo'shiladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Bilbao klubi "Braga"ga 15 million evro va 5 million bonus to'lagan.
Joriy mavsumda Jalo portugal klubi safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uning narxini 7 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!