De Ligt - Sarri haqida: "Uning jamoalariga qarshi o'ynash har doim qiyin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Bavariya" himoyachisi Matteys de Ligt Mauritsio Sarri qo'l ostida Turinning "Yuventus" klubida o'ynagan davrini esladi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida “Bavariya”ni 1:0 hisobida mag'lub etgan “Latsio” klubini boshqarib turibdi. Javob o'yini ertaga Myunxenda bo'lib o'tadi.
"Sarri qo'l ostida o'ynaganimga besh yil bo'ldi. Mauritsio bilan bir yil ishladim, uni taktikaga katta e'tibor beradigan murabbiy sifatida eslayman. Uning jamoalariga qarshi o'ynash har doim qiyin. Agar biz oldinga siljishni istasak, ertaga kuchli bo'lishimiz kerak", - dedi De Ligt matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!