Boks. Litsenzion turnirda bir vakilimiz bugun jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yo'llanmasi uchun Italiyada o'tayotgan 1-jahon litsenzion turnirida ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtlarimiz orasida birinchi bo'lib To'rabek Habibullaev ringga ko'tariladi. -80 kg vazn toifasida bahs olib boradigan bokschimiz iordaniyalik Husayn Yashaishga qarshi jang qiladi.
Qayd etish joiz, ushbu bokschilar so'nggi bor Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarining chorak finalida o'zaro to'qnash kelishgan va unda hamyurtimiz g'alaba qozongan edi. Bugungi jangda ham Habibullaevga ana shunday muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!