"Real" hakamlar saviyasini oshirish uchun ularga doimiy bosim o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Madridning "Real" klubi kecha Ispaniya chempionati doirasidagi "Valensiya"ga (2:2) qarshi bo'lib o'tgan o'yinda ishlagan hakam ishidan norozi.
"Qirollik klubi" rahbariyati ushbu o'yinda katta janjal yuzaga kelgan deb hisoblamoqda.
Marca nashrining xabar berishicha, madridliklar hakamlik faoliyatini tubdan o'zgartirish niyatida. "Real" hakamlar saviyasini oshirish uchun ularga doimiy bosim o'tkazmoqchi.
Eslatib o'tamiz, qo'shib berilgan daqiqalarda yarim himoyachi Djud Bellingem “Los-Blankos”ga g'alaba keltirishi mumkin bo'lgan golni kiritgan bo'lsa-da, ingliz futbolchisi to'pni darvozaga yo'llashidan bir necha soniya avval bosh hakam yakuniy hushtagini chaldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!